Swap-free xizmati, ayniqsa, BAAda savdo qilish uchun va diniy e’tiqodlari savdo jarayonida jahon valyutalarining foiz stavkalaridan foydalanishga ruxsat bermaydigan treyderlar uchun mo’ljallangan.
Swap-free xizmatiga ega hisoblar “Islomiy hisob” deb ham ataladi. Ularning asosiy xususiyati milliy markaziy banklarning kredit stavkalari asosida hisoblanadigan svoplarning hisoblanmasligi va hisobdan yechib olinmasligidir.
Swap-free shartlari
- Swap-free faqat quyidagi hisob turlari uchun mavjud: MT5.Classic+, MT5.DirectFX, MT5.xPRIME; U PAMM hisoblari uchun mavjud emas.
- Swap-free faqat Islom davlat dini va/yoki asosiy din hisoblangan mamlakatlarning cheklangan ro’yxatidan bo’lgan musulmon mijozlar uchungina mavjud;
- Swap-free savdo instrumentlarining cheklangan ro’yxati uchun amal qiladi: AUDCAD, AUDCHF, AUDJPY, AUDNZD, AUDUSD, CADCHF, CADJPY, CHFJPY, EURAUD, EURCAD, EURCHF, EURGBP, EURJPY, EURNZD, EURUSD, GBPAUD, GBPCAD, GBPCHF, GBPJPY, GBPNZD, GBPUSD, NZDCAD, NZDCHF, NZDJPY, NZDUSD, USDCAD, USDCHF, USDJPY, USDSGD, XAUUSD (Oltin), XAGUSD (Kumush). Boshqa barcha instrumentlar uchun svoplar standart tartibda hisoblanadi va hisobga yoziladi;
- Foiz stavkalari o’rtasidagi farqdan foyda olishga (bevosita yoki bilvosita) qaratilgan har qanday savdo strategiyalaridan (carry trade) foydalanish qat’iyan taqiqlanadi;
- Agar mijozning savdo tarixida 7 kundan ortiq vaqt davomida ochiq saqlangan pozitsiyalar mavjud bo’lsa, Swap-free opsiyasi o’chiriladi;
- Swap-free opsiyasini faollashtirish orqali Mijoz kompaniyaning uni istalgan vaqtda, sababini tushuntirmasdan o’chirish va hisobdagi istalgan pozitsiya uchun svopning to’liq qiymatini undirish huquqiga ega ekanligiga rozilik bildiradi.
- Ushbu xizmatni MetaTrader 4 platformasidagi hech bir hisob uchun faollashtirib bo’lmaydi.
Hisobda “Swap-Free xizmatini yoqish” tartibi
- Avvalo, Shaxsiy kabinetingizga kiring;
- “Mening hisoblarim” yorlig’idan “Mening savdo hisoblarim” kichik menyusini bosing;
- Ushbu bo’limda savdo hisoblaringiz ro’yxati ko’rsatiladi. Swap-Free xizmatini faollashtirmoqchi bo’lgan hisobingizni toping va uning chap tomonidagi sozlamalar belgisini bosing;
- Ochilgan oynada “Swap-Free xizmatini yoqish” opsiyasini tanlang. Ushbu amal orqali Swap-Free xizmati savdo hisobingizda faollashtiriladi.