Savdo kreditlari muddatsiz va foizsiz bo’lib, Forex savdosi uchun o’z kapitali vazifasini bajaradi. Hisobingizni o’z mablag’laringiz bilan to’ldirganingizda savdo krediti olasiz, bunda kredit miqdori depozitning 70% igacha yetishi mumkin.
Savdo kreditlari shartlari
-
Savdo kreditlari MT5.Classic+, MT5.DirectFX va MT5.xPRIME hisoblariga tatbiq etiladi;
-
Har bir depozit uchun savdo krediti olish mumkin va mijoz hisobni to’ldirish vaqtida kredit miqdorini tanlashi mumkin: depozitning 10%, 20%, 30%, 40%, 50%, 60% yoki 70% i;
Misol:
$1000 miqdoridagi depozit uchun 10% savdo krediti tanlansa, hisobga $1100 o’tkaziladi, shundan $100 Credit maydonida aks ettiriladi.
-
Bitta mijozning barcha hisoblaridagi faol savdo kreditlarining umumiy summasi 20 000 USD (yoki boshqa valyutadagi ekvivalenti) dan oshmasligi kerak;
-
Savdo kreditlaridan “drawdown” (kapitalning kamayishi) holatida foydalanish mumkin emas va agar “Equity” qiymati “Credit” qiymatiga teng yoki undan kam bo’lib qolsa, ular avtomatik ravishda bekor qilinadi. Kreditlar bekor qilinganda barcha pozitsiyalar majburiy ravishda yopiladi (stop out);
Misol:

Treyder 10 000 USD miqdorida depozit kiritdi va 1000 USD miqdorida savdo krediti oldi. Agar Equity qiymati Credit qiymatiga teng yoki undan kam bo’lib qolsa, barcha pozitsiyalar majburiy ravishda yopiladi.
-
Agar hisobda faol savdo kreditlari mavjud bo’lsa, yechib olish mumkin bo’lgan mablag’lar miqdori quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: Yechib olish mumkin bo’lgan mablag’ = Erkin marja - Kreditlar - Faol kreditlar berilgan depozitlar summasi;
-
Mablag’larni yechib olish cheklovini olib tashlash uchun faol savdo kreditlarini bekor qilish kerak. Buni Shaxsiy kabinetning Savdo kreditlari bo’limida amalga oshirish mumkin;
-
Referal holatlarda hamkorlar referallar bilan bog’liq savdo aylanmasi uchun to’lovlarning to’liq summasini savdo kreditlari shaklida oladilar.